MARKAZIY SEROZ XORIORETINOPATIYANING TURLI SHAKLLARINI DAVOLASHDA BO'SAG'A OSTI MIKROIMPULSLI LAZER TA'SIRINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

MARKAZIY SEROZ XORIORETINOPATIYANING TURLI SHAKLLARINI DAVOLASHDA BO'SAG'A OSTI MIKROIMPULSLI LAZER TA'SIRINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.57231/j.ao.2024.10.4.004

Ключевые слова:

Markaziy seroz xorioretinopatiya, bo'sag'a osti mikroimpuls lazer ta’siri, neyroepiteliy ko'chishi, flyuoressent angiografiya

Аннотация

Dolzarbligi. Markaziy seroz xorioretinopatiya asosan mexnatga layoqatli yoshdagi kishilarda (39-51 yosh) uchrab, xoriokapillyarlar o'tkazuvchanligining oshishi, pigment epiteliy funksiyasining buzilishi, to'r parda neyroepiteylisi yoki pigment epiteliysining seroz ko'chishi, subretinal bo'shliqqa suyuqlik ajralib chiqishi kabi o'zgarishlar bilan kechadigan kasallik. Kasallikni davolashda turli spektrdagi lazer qurilmalar mavjud bo’lib, ularning samaradorligi va kamjarohatliligini aniqlash davolashning yangicha taktikalarini yaratilishiga turtki hisoblanadi.

Tadqiqot maqsadi. Markaziy seroz xorioretinopatiya kasalligining turli shakllarini bo'sag'a osti mikroimpuls lazer ta’siri yordamida davolash samaradorligini baholash.

Materiallar va usullar. MSXR kasalligi bilan og'rigan 50 nafar bemorni (53 ta ko'z) tekshiruvdan o'tkazdik. Ularning 12 nafari (24%) ayollar (o'rtacha yoshi 32,4± 5,2) , 38 nafari (76%) erkaklar (o'rtacha yoshi 39,8±3,6) tashkil qildi. Davolash to’r pardaning seroz ko'chgan sohasiga 577 nm to'lqin uzunligidagi lazer "Easy Ret” (Quantal Medical (Fransiya)) qurilmasining bo'sag'a osti mikroimpuls tasiri berish orqali o'tkazildi.

Natijalar va xulosa. O’tkazilgan lazer amaliyotidan 14 kun o'tgach asosiy guruhdagi 18 nafar (36%) bemorlarda subretinal suyuqlikning to'liq so'rilishi OKT tekshiruvlarida tasdiqlandi. 6 oy o’tgandan so’ng 42та кўзda (84 %) seroz ko’chishning to’liq ravishda so’rilishi kuzatildi, 2 nafar bemorda (4 %) kasallikning qaytalanishi kuzatildi. Bo'sag'a osti mikroimpuls lazer ta’siri amaliyoti o'tkazilgan bemorlarni tekshiruv va kuzatuv natijalari ushbu davolash usulining MSXR kasalligining turli shakllarini davolashda samaradorligi va xavfsizligini ko'rsatdi.

Биографии авторов

SH.A. Djamalova , Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent, ilmiy bo’lim mudiri

D.CH. Ibodullayeva , Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Tayanch doktorant

A.SH. Aktamov , MCHJ “SIHAT KO’Z” klinikasi

Shifokor oftalmolog

Библиографические ссылки

Балашевич Л.И., Гацу М.В., Касимов Э.М., Искандерова Н.Г. Современные представления об этиологии и патогенезе центральной серозной хориоретинопатии. Офтальмохирургия. 2007;2: 63‑67. [Balashevich L.I., Gatsu M.V., Kasimov E.M., Iskanderova N.G. Modern concepts of the etiology and pathogenesis of central serous chorioretinopathy. Ophthalmosurgery. 2007;2: 63‑67 (In Russ.)].

Щеголева И.В., Будзинская М.В. Этиология и патогенез централь-ной серозной хориоретинопатии. Вестник офтальмологии. 2010;3:55-58. [Shchegoleva I.V., Budzinskaya M.V. Etiology and pathogenesis of central serous chorioretinopathy. Bulletin of ophthalmology. 2010;3:55-58 (In Russ.)].

Desmettre, T.J. Micropulse and continuous wave diode retinal photocoagulation: visible and subvisible lesion parameters / T.J. Desmettre, S.R. Mordon, D.M. Buzawa, M.A. Mainster. Br. J. Ophthalmol. 2006;90(6): 709-712.

M. Moschos, D. Brouzas, C. Koutsandrea, et al. Assessment of central serous chorioretinopathyby optical coherence tomography and multifocal electroretinography// Ophthalmologica. 2007. V. 221. P. 292‑298.

Yoshioka H., Sugita T., Nagayoshi K. Fluorescein angiographic findings in experimental retinopathy produced by intravenous adrenaline injection. Preliminary report. Nippon Ganka Kiyo. 1970; 21: 648‑652.

Загрузки

Опубликован

2024-10-09
Loading...